O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan mamlakat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan bayram qutlovlari kelmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev shunday yozadi:

“O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!

Tarixan qisqa davrda O‘zbekiston siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi hamda xalqaro maydonda o‘z nufuzini mustahkamladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yuksak baholab, bu hamkorlik bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi yo‘lida rivojlanishiga ishonch bildiraman.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va ishonch munosabatlarini alohida qadrlayman hamda ular mustahkamlanib borishiga umid qilaman.

Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, mas'uliyatli faoliyatingizga katta zafarlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinch-farovon hayot va ravnaq tilayman.”.

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev:

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.

Mustaqillik yillarida mamlakatingiz muhim yangilanishlar yo‘lini bosib o‘tib, davlat qurilishida, xalq farovonligini oshirish va mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Ko‘p asrlik do‘stlik va mushtarak tarixga asoslangan Qozog‘iston-O‘zbekiston muloqoti izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. O‘ylaymanki, bunday muloqot davlatlar o‘rtasida samarali o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda boshqalar uchun ibratdir.

Birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklikni yanada kengaytirishda muvaffaqiyat kafolati bo‘ladi.

Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda yangi zafarlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa baxt-saodat va ravnaq tilayman!”.