Bugun, 30 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Davlat test markazining 2019-2020 yilgi test jarayonlari yakunlari böyiça press-brifing ötkazildi. Unda boşqa muhim masalalar qatori apellyatsiya jarayoni qanday ketayotgani haqida ham axborot berildi. Davlat test markazi boşqarma boşliği Sevar Zufarxöjayeva qaysi fanlar savollari böyiça eng köp şikoyat tuşgani haqida aytib ötdi.

«Beş kundan beri abituriyentlarning apellyatsiya şikoyatlarini körib çiqyapmiz. 3000dan ortiq ariza kelib tuşdi. Bu ötgan yilgiga qaraganda taxminan 1000taga kam. Murojaatlarning eng köp qismi ona tili va adabiyoti fani böyiça va bu holat normal, deb qabul qilinadi. Negaki, barça yönalişlarda bu fan mavjud. 5 kunlik natijalarni aytadigan bölsam, birgina ona tili va adabiyotidan 983 nafar abituriyentdan apellyatsiya qabul qilindi. Savollar töğri tuzilgani böyiça DTM ekspertlari va taşqaridan şu soha mutaxassislari ham jalb qilinadi. Qöşimça ma'lumot örnida aytişim mumkinki, ona tili va adabiyoti fani test savollarining 20tasi ona tilidan, qolgan 10tasi adabiyotdan tuziladi. Bu yili test bazasini şakllantirişda qiyinçiliklar böldi, çunki kollej, litsey va maktab bitiruvçilari öquv dasturlari ba'zi joylarda bir-birini inkor qiladi. Ulardagi umumiylikni topişda qiyinçiliklarga duç keldik», deya uuning sözlarini keltirmoqda muxbiri.

DTM direktori Majid Karimovning qöşimça qilişiça, fizika, tarix, rus tili, matematika va kimyo fanlari böyiça ham apellyatsiyalar miqdori yuqori.