Angliyada eski va ba'zilari ança yaxşi holatda bölgan “Jiguli” maşinalari “qabristoni” topildi. Yuzlab maşinalar oçiq joyda zang bosib yotibdi.

Ma'lumki, sobiq ittifoqda işlab çiqarilgan “Jiguli” maşinalari ittifoqdan taşqarida ham sotilgan. Bu markadagi avtomobillar ayniqsa Kanada va Britaniya aholisiga xuş kelgan. Biroq hamma maşinalarni ham birdek taqdir kutadi – ular ertami-keçmi çiqindixonaga tuşadi.

Taşlandiq “Jiguli”lar  suratini britaniyalik Jyeyms Smit ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirgan va bir paytlar özi ham şunday maşina minganini ta'kidlab ötgan.

Suratlarda VAZ-2101, VAZ-2102, VAZ-2104 va VAZ-2107 modelidagi maşinalarni köriş mumkin. Mutaxassislar maşinalarning davlat raqamiga köra, maşinalardan 1963 yildan 1983 yilgaça foydalanilganini aytişlari mumkin. 1983 yildan keyin esa avtomobil raqamlari formati özgargan.