Bugun, 30 avgust kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi rahbariyati iştirokida anjuman bölib ötdi. Mutaxassislar kimyo fanidan tuzilgan test savollari böyiça keng jamoatçilik tomonidan bölayotgan e'tirozlarga javob berişdi. DTM kimyo fani eksperti Yusuf Abdusoatov bu böyiça axborot berdi.
«Kimyo fani savollari 3 xil qiyinçilik darajasida (boşlanğiç, örta, yuqori) tuziladi. Boşlanğiç daraja savollari 8ta, örta darajadagilar 16ta va yuqori bosqiçli savollar esa 6tani taşkil qiladi. Umumiy 30ta savoldan 9-10tasi nazariy, qolgani masalalardan iborat. Bitta masalaga ketadigan vaqt qiyinlik darajasiga qarab 30 sekunddan 2 daqiqa 30 sekundga qadar çöziladi. Ilgarilari savollar özbek tilida va rus tilida alohida tuzilgan. Şuning uçun rusça savollar birmunça osonroq bölgan. Hozir vaziyat özgardi. Kimyo fani savollari avval özbek tilida tuziladi va şundan söng rus tiliga tarjima qilinadi. Bunday amaliyot bilan ikkala tilda ham savollar darajasi bir xilligiga erişiladi. Savollar avval rus tilida tayyorlangan va özbek tiliga tarjima qilingan, degan fikr asossiz», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Abdusoatovning sözlariga köra, bu yilgi kimyo fani savollari oldingi yilgiga nisbatan özgartirilgan. Kimyo amaliy fan bölgani uçun mantiqiy fikrlaşga çorlaydigan savollar köpaytirilgan. Umumiy hisobda savollar bazasi 5000-6000tani taşkil etadi.

















