Intellektual mulk agentligining qariyb 40 foiz xodimi egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4380-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga asosan Intellektual mulk agentligi xodimlari joriy yilning 14-16 avgust kunlari navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazildi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, attestatsiya komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq Intellektual mulk agentligining jami 59 nafar xodimi attestatsiyadan o‘tkazilib, shundan 26 nafari (44 %) egallab turgan lavozimlariga “loyiq”, 5 nafari (8,4 %) egallab turgan lavozimlariga “shartli ravishda loyiq”, 23 nafari (38,9 %) “attestatsiyadan o‘tmadi – egallab turgan lavozimlariga noloyiq” deb topildi. Shuningdek, 5 nafari (8,4 %) bilan egallab turgan lavozimida olti oydan kam bo‘lgan muddatda ishlab kelayotganligi sababli suhbat o‘tkazilib, ularga kelgusidagi faoliyati yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.
Hozirda intellektual mulk agentligi xodimlari tarkibini yuqori malaka va tajribaga ega xodimlar bilan to‘ldirish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:43 / 09.11.2024
Informatika fani o‘qituvchilari ham attestatsiya imtihonidan norozi
14:24 / 06.11.2024
“Nega ustimizdan kulishyapti?” – fizika o‘qituvchilari attestatsiya imtihonidan norozi
21:45 / 10.06.2024
“O‘nlab qo‘shiqchilar ustidan sudga ariza kiritganmiz” – Avazbek Olimovni sudda yutgan shoira
09:58 / 26.04.2024