Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi sobiq örinbosari Nuriymon Abulhasanning yangi iş joyi ma'lum böldi.

Nuriymon Abulhasan

Kun.uz axborot manbasi xabariga köra, Nuriymon Abulhasan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi rahbari lavozimiga tayinlangan.

Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari - Diniy-ijtimoiy jarayonlarni örganiş axborot-tahlil markazi direktori sifatida işlab kelgan Nuriymon Abdulhasan 1994 yilda Toşkent islom institutini (oliy ma'had), 1997 yilda Misr Al Azhar universitetini tamomlagan.

U bundan avval Din işlari böyiça qömita, prezident devonining Millatlararo va din masalalari böyiça xizmatida va Içki işlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.

Eslatib ötamiz, 2018-2019 yillarda polkovnik Doniyor Qodirov IIV Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelgan. U 2019 yilning martidan Özbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boş boşqarmasiga rahbar bölgan, iyun oyidan içki işlar vazirining Turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta'minlaş böyiça örinbosari sifatida işlamoqda.