Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita rahbariyati işdan ketdi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, qömita raisi Jasur Akromov, rais örinbosari - Diniy-ijtimoiy jarayonlarni örganiş axborot-tahlil markazi direktori Nuriymon Abulhasan boşqa işga ötişi munosabati bilan öz lavozimidan ozod etilgan.

Jasur Akromov
Nuriymon Abulhasan

Ayni vaqtda kim qömitaga yangi rais etib tayinlangani hozirça noma'lum.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning 18 aprel kuni 2003 yildan beri Din işlari böyiça qömita raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Ortiqbek Yusupov lavozimidan ozod etilib, uning örniga Jasur Akromov qömita raisi etib tayinlangandi.

Bundan taşqari, öşanda Muzaffar Komilov hamda Nuriymon Abdulhasan raisning yangi örinbosarlari etib tayinlandi.

Nuriymon Abdulhasan Diniy-ijtimoiy jarayonlarni örganiş axborot-tahlil markaziga direktorlik qilgan. U 1994 yilda Toşkent islom institutini (oliy ma'had), 1997 yilda Misr Al Azhar universitetini tamomlagan bölib, ilgari Din işlari böyiça qömita, prezident devonining Millatlararo va din masalalari böyiça xizmatida va Içki işlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.

Ma'lumot uçun, hukumat tomonidan 2004 yil 23 apreldagi 196-son qaror bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita töğrisidagi nizomga muvofiq, Qömita har bir şaxsning vijdon va diniy e'tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bölgan munosabatidan qat'i nazar tengligini ta'minlaş, şuningdek diniy taşkilotlar faoliyati bilan boğliq munosabatlarni tartibga soliş sohasidagi vazifalarni hal etiş vakolati berilgan davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.