Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida yangi o‘tkazish punktlari ish boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari vakilining ma'lum qilishicha, joriy yilning 30 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida ilgari erishilgan kelishuvlarga muvofiq davlat chegarasi orqali 4ta yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi.
Shu tariqa, 2019 yil 30 avgustdan boshlab O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasida «Rishton» - «Kaytpas», «Tul» - «Otukchu», «Lenburg» - «Apkan», «Devayram» - «Bo‘z-Adir» o‘tkazish punktlari ishlay boshladi. Bundan tashqari, soat 07:00 dan 18:00 gacha ishlagan «O‘zbekiston» - «Qizil-Kiya» o‘tkazish punktlarida vaqt cheklovlari qayta ko‘rib chiqildi, endi ular soat 06:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu nazorat o‘tkazish punktlarini ochish to‘g‘risidagi kelishuvga joriy yilning 23 avgustida ikki davlat chegara idoralari rahbarlarining uchrashuvi natijasida erishilgan edi.
Mavzuga oid
16:34
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
11:20
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
10:14 / 24.06.2026