Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida davlat xizmatlari markazi yangi binoda iş boşladi. Bino davlat-xususiy şerikçilik asosida qurilgan bölib, markaz eng zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan jihozlandi.
Endi markazga taşrif buyuruvçilarga keng va yoruğ, şinam xizmat zalida qulay şaroitlarda xizmat körsatiladi. Markazda Internetga ulaniş uçun bepul WiFi örnatilgan. Elektron navbat tizimi 4 ta monitorda aks etib turadi, 14 ta qabul oynasida körsatiladigan xizmatlarda şaffoflik asosiy mezon sanaladi.

Ilgarigi binoda markazning umumiy maydoni 84 kv metr bölib, xodimlari tarqoq holda joylaşgan, bor-yöği 2-3 ta xonalarning torligidan ikki nafar murojaatçi içkariga kirsa, qolganlari yölakda kutib qolişardi. Salkam 70 ming aholisi bölgan tuman uçun bino torlik qildi.


Zamonaviy arxitektura dizayni asosida jihozlangan yangi markazning umumiy maydoni 530 kv metrni taşkil etadi. Markaz binosiga kirgan murojaatçilarning farzandlari uçun ham qulay şaroit yaratilgan bölib, bolalar öyin maydonçasi, mabodo zarurat tuğilgudek bölsa, tibbiyot xonasi işlab turibdi. Şuningdek, odatiy davlat xizmatlaridan taşqari tuman fuqarolik holati dalolatnomalari yoziş bölimi, tadbirkorlar uçun boş vazir qabulxonasi, notarius xonasi, pasport beriş va almaştiriş böyiça tuman içki işlar bölimi xodimi xonasi, konferensiya zali ham taşkil etilgan.

















