Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram foydalanuvchilar raqamlarini barchadan yashirish funksiyasini joriy qilmoqchi
Telegram messenjerining yaqin vaqt ichida bo‘ladigan yangilanishlarida telefon raqamini barchadan yashirish imkoniyati paydo bo‘ladi, deb xabar berdi Reuters o‘z manbalariga tayanib.
Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, bu Hongkongdagi namoyishchilarga o‘z shaxslarini mahalliy va Xitoy hukumatidan yashirish imkonini beradi.
Hozirda Telegram sozlamalarida telefon raqamini yashirish imkoni mavjud, ammo telefon raqami kontaktlarda saqlangan bo‘lsa, u Telegram ilovasida ko‘rinib turadi.
Ushbu messenjerdan foydalanuvchi namoyishchilar hukumat raqamlar bazasidan qaysi raqamlar norozilik chatlarida paydo bo‘lishini tekshirishi, so‘ngra foydalanuvchining shaxsini aniqlashidan xavotirlanishmoqda.
Reuters manbasining ta'kidlashicha, Telegram jamoasi Hongkong yoki XXR hukumati foydalanuvchilarning shaxsini aniqlash uchun raqamlar bazasini yuklaganini qayd etgan.
Hongkongdagi norozilik namoyishlari iyun oyidan buyon davom etmoqda.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026