Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda namoyishchilarga qarshi o‘chirilmaydigan bo‘yoq qo‘llandi
Foto: REUTERS
Hongkongda 13 haftadan beri ekstraditsiya haqidagi qonun loyihasiga qarshi ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Politsiya navbatdagi namoyishlar vaqtida namoyishchilarga qarshi suv purkagichlardan ko‘k rangdagi o‘chirilmaydigan bo‘yoq qo‘llagan. Bu bo‘yoqlar bo‘yicha namoyishchilarni aksiya yakunlangandan keyin ham aniqlash mumkin bo‘ladi.
BLUE DYE: Police spray blue de from water cannon trucks at #antiELAB protesters outside Hong Kong's Legislative Council offices in Admiralty #HongKongProtess #香港 pic.twitter.com/raXVJIFrXR
— Bloomberg TicToc (@tictoc) August 31, 2019
31 avgustda o‘tgan aksiya Pekinning Hongkongda umumiy erkin saylovlar o‘tkazilishini rad etganining 5 yilligiga to‘g‘ri kelgan. Shahar ma'muriyati navbatdagi yurishni taqiqlaganiga qaramay, minglab odamlar yana ko‘chalarga chiqqan.
Noroziliklar yana politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan. Eng radikal kayfiyatdagi namoyishchilar qonunchilik kengashi binosiga fayyer va yonuvchi aralashmali shisha idishlar uloqtirib bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Namoyishchilar, shuningdek, politsiyaga g‘ishtlar va “Molotov kokteyllari” otgan.
Ko‘plab odamlar yuzida niqob va qo‘lida soyabonlar bo‘lgan. Ular “Hongkongni himoyalaymiz”, “Erkinlik uchun kurash!” degan shiorlarni hayqirib borishgan. Hongkongning ba'zi tumanlarida qaqshatqich to‘qnashuvlar yuz bergan.
Mavzuga oid
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
16:27 / 02.02.2026
Eronda «Oskar»ga nomzod bo‘lgan film ijodkorlaridan biri hibsga olindi
11:01 / 02.02.2026
Eron namoyishlarda halok bo‘lgan qariyb 3000 kishining ismlarini e’lon qildi
19:10 / 01.02.2026