Tahririyatimizga muddatli harbiy xizmatni ötab qaytgan, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga hujjat topşirgan bir neça abituriyent murojaat qildi.

Ularning aytişiça, oliy öquv yurtlariga imtihon natijalari e'lon qilingaç, bu oliygohda harbiy imtiyozlar hisobga olinmagan ekan. Şu tarzda 30 nafar abituriyentning kelgusi taqdiri hali ham noma'lum bölib qolmoqda.

«Hali biror-bir institutda harbiy imtiyoz hisobga olinmaydi degan e'lon çiqarilgan emas. Agar şunday bölganida biz heç qaçon «Narxoz»ga hujjat topşirmagan bölardik. Modomiki, harbiy imtiyozlar bu oliygohda hisobga olinmas ekan bizni ogohlantirişlari şart edi. Axir, bizning bir yillik umrimiz öyinçoq emas-ku», demoqda abituriyentlar.

Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali rahbari O.Murtazoyevdan bu holat yuzasidan izoh söradik.

 «Qabul kvotalarini Davlat qabul komissiyasi belgilaydi. Belgilaş vaqtida barça oliy ta'lim muassasalaridagi imtiyozlar qöşiladi. Yangi oçilgan filiallarga bu narsa qöşilmay qolgan. Davlat qabul komissiyasining bu böyiça qarori davlat test markaziga, test markazi tomonidan esa oliy ta'lim muassasalariga yuboriladi. Barça oliygohlarning yangi taşkil etilgan filiallariga bu narsa kiritilmagan», deydi filial rahbari.

Tabiiyki, filiallarga harbiy imtiyozlar uçun kvotalar kiritilmay qolganidan, aniqroği muayyan taşkilotlar xatosidan abituriyentlarning xabari yöq. Çunki bu borada heç qanday e'lon berilmagan. Özlari aytganidek, yoşlarning bir yillik umri bitta xato evaziga bemaqsad ötadigan bölib turibdi.

Filial rahbariyatining ma'lum qilişiça, ayni vaqtda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan ana şu masala yuzasidan yuqori turuvçi idoralarga xat yuborilgan.

Darvoqe, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustda e'lon qilingan «Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötab, harbiy qism qömondonligi tavsiyanomalariga ega bölgan fuqarolarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori e'lon qilingan. Hujjatning 1-ilovasida uşbu nizom faqatgina xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta'lim muassasalariga tatbiq etilmasligi aniq qilib belgilab qöyilgan.

Demak, fikrimizça, abituriyentlar boşqa oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallarida davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan foydalanişga, aniqroq aytganda hali masala yeçim topişidan umid qilişga haqli.

Xöş, xatoni tuzatiş mumkinmi? Ana şu savolga ayni kunlarda önlab yoşlar xavotir va intiqlik bilan javob kutişmoqda.