Samarqand va Qarşi şaharlarida bayram munosabati bilan ötkazilgan muşakbozliklar davrida oçiq maydondagi qurigan ötlar yongan. Tan jarohati olganlar yöq, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi.

2019 yilning 1 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi bayrami munosabati bilan Samarqand şahridagi “V.Abdulla” köçasi oldidagi oçiq maydonda örnatilgan muşaklar otilişi jarayonida muşaklarning öçmay qolgan çöğ parçalari 350 metr uzoqlikdagi qurigan ötlar ustiga kelib tuşişi natijasida 40 sotix maydonda quruq öt yongan.

Mazkur tadbirga jalb etilgan navbatçilikda turgan 3 ta yonğin öçiriş ekipaji hamda 1 ta suv taşişga möljallangan yordamçi texnika yordamida yonğin soat 21:27 da töliq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yöq. Alanga bino va inşootlarga ötmagan.

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi M.Toşmuhammedov nomidagi musiqali drama teatri oldidagi oçiq maydonda ötkazilgan muşakbozlik davomida muşaklardan birining nuqsoni bölganligi va uning yetarliça yerdan kötarilmasdan yorilişi evaziga undan çiqqan uçqun 300 metr uzoqlikdagi qurigan ötlar ustiga tuşişi oqibatida 40 kv. metr maydonda yonğin yuzaga kelgan. Tadbirga jalb etilgan navbatçilikda bölgan 3 ta yonğin öçiriş ekipaji yordamida yonğin 5 daqiqada bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yöq. Alanga bino va inşootlarga ötmagan.