Yer uçastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartibida özgariş yuz beradi
|14:27 / 02.09.201929 4668 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining mulk huquqi kafolatlanişini ta'minlaş hamda yer uçastkalarining olib qöyiş va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplaş tartibi töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Yer uçastkasi yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boşqa maqsadlar uçun olib qöyiş yer egasining hamda yerdan doimiy foydalanuvçining roziligi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar Kengaşlarining qarori asosida yoxud Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq amalga oşirilişi belgilanadi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boşqa maqsadlar uçun yer uçastkalarini olib qöyilişi munosabati bilan jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli bölgan turar hamda noturar joy obektlarini buziş töğrisida qaror, obektning bozor qiymati va olib qöyilişi sababli mulkdorga yetkazilgan zararning örni töliq qoplanganidan keyin qabul qilinadi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boşqa maqsadlar uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni örnini mol-mulk beriş, yer ajratiş yoki markazlaşgan jamğarmalar hisobidan mablağ ajratiş orqali töliq qoplanişini ta'minlaş maqsadida xodimlarning belgilangan çeklangan umumiy soni doirasida:
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida - 3 ta xodim;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimligida - 2 ta xodimdan iborat şö'ba taşkil etilişi;
şahar va tuman hokimliklarida 1 ta mutaxassis ştat birligi kiritilişi belgilanadi.
Bunda, şö'ba faoliyatini bevosita muvofiqlaştiriş tegişliça Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari hamda hokimlarning birinçi örinbosarlari tomonidan amalga oşiriladi.
Quyidagilar yangi taşkil etiladigan şö'ba va xokimlik mutaxassislarining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
buzilişi rejalaştirilayotgan obektlarni buziş uçun qonuniy asos mavjudligini örganiş hamda jamoatçilik muhokamasidan ötkazilişini ta'minlaş;
buzilişi rejalaştirilgan hududdagi turar va noturar joylar röyxatini hamda jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş uçun asoslantiruvçi hujjatlarni şakllantiriş;
Mavzuga oid
turar va noturar joylarni, inşootlarni buziş natijasida yetkazilgan zararlarni qoplaş manbasi hamda qoplaş uçun yetarli darajada mulk va mablağlarning mavjudligini örganiş;
davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş maqsadida körib çiqib qaror qabul qiliş uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar Kengaşlariga taqdim qiliş;
qabul qilingan qaror ijrosini ta'minlaş, adliya va prokuratura organlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni töliq qoplangandan keyin obektlarni buzilişini nazorat qiliş.
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida taşkil etilayotgan şö'ba bilan birgalikda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Davlat soliq qömitasi, Quriliş vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boşqariş agentligi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari böyiça fuqarolarga va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş va monitoring qiliş yuzasidan ma'lumotlar almaşinuvi bazasining Yagona dasturiy majmuasini şakllantiradi.
“Davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boşqa maqsadlar uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş tartibi töğrisida”gi Nizom tasdiqlanadi.
Nizomga köra, yer uçastkasi yoki uning bir davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boşqa maqsadlar uçun olib qöyiş yer egasining, yerdan doimiy foydalanuvçining roziligi bilan yerdan vaqtinça foydalanuvçi va ijaraga oluvçi bilan kelişuv böyiça — tegişli ravişda, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar Kengaşlarining qarori asosida yoxud Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq amalga oşiriladi.
Bunda asosiy e'tibor:
muayyan hududda fuqarolarning uy-joy va maişiy şaroitlarini yaxşilaş, infratuzilmani rivojlantiriş hamda talab yuqori bölgan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik obektlarni qurişni nazarda tutuvçi davlat dasturlari, yirik investitsiya va boşqa loyihalarni hududdagi köpçilik aholining fikrini inobatga olgan holda amalga oşiriş;
yer uçastkalari olib qöyilişida ularda joylaşgan köçmas mulk obektlarining mulkdorlari bilan oçiq muhokamalar ötkazgan holda, birinçi navbatda, eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obektlari, şu jumladan foydalanilmayotgan obektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obektlardan taşqari) bilan band bölgan yer uçastkalarini tanlab oliş;
tegişli hokimlar tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirişga qaratilgan davlat dasturlari, investitsiya va boşqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bölgan loyihalarni amalga oşiriş doirasida yer uçastkalarini olib qöyiş haqida qaror qabul qiliş uçun uşbu hududda joylaşgan turar va noturar köçmas mulk obektlari mulkdorlarining roziligini oliş hamda yer uçastkasi olib qöyilişi oqibatida yetkazilgan zararni qoplaş tartibi, turlari, miqdori va muddatlarini, tomonlarning huquq va majburiyatlarini köçmas mulk obektlarining mulkdori, manfaatdor taşkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organi örtasida tuziladigan yozma kelişuv bilan belgilanişiga qaratiladi.
Yer egasi, yerdan doimiy foydalanuvçi, yerdan vaqtinça foydalanuvçi va ijaraga oluvçi yer uçastkasini olib qöyiş töğrisida tegişli Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar Kengaşlarining qarori böyiça yoxud Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga rozi bölmagan taqdirda uşbu qaror ustidan yuqori turuvçi davlat hokimiyati organlariga yoki sudga şikoyat qilişi mumkin.
Yer uçastkasini olib qöyiş va turar hamda noturar joylar, inşootlarni buziş va dov-daraxtlarni köçirib taşlaş töğrisidagi tegişli xalq deputatlari kengaşi qarori faqat quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:
örnatilgan tartibda tasdiqlangan boş rejalarga, şuningdek şaharlar va posyolkalarning aholi punktlari va mikrotumanlarini batafsil rejalaştiriş loyihalarini amalga oşiriş;
mudofaa va davlat xavfsizligi uçun yerlarni taqdim etiş;
avtomobil va temir yöllari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obektlari va aviatexnika markazlari, temir yöl transporti obektlari, köpriklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi obektlari va elektr uzatiş tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini quriş;
Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida töğridan-töğri nazarda tutilgan hollarda.
Yuqorida nazarda tutilgan holatlardan taşqari, turar hamda noturar joylarni, inşootlarni asossiz buzilişiga va dov-daraxtlarning köçirib taşlanişiga yöl qöyilmaydi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini olib qöyilişi munosabati bilan jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli bölgan turar hamda noturar joy obektlarini buziş töğrisida qaror, obektning bozor qiymati va olib qöyilişi sababli mulkdorga yetkazilgan zararning örni töliq qoplanganidan keyin qabul qilinadi.
Fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlariga davlat organi (mansabdor şaxs)ning noqonuniy ma'muriy hujjati qabul qilinişi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinçi navbatda, tegişli davlat organlarining budjetdan taşqari mablağlari hisobidan qoplanadi va keyinçalik aybdor şaxsdan regress tartibida markazlaşgan jamğarmaga undirib olinadi.