Stavropol ölkasida öquv-maşğulot parvozi vaqtida Su-25UB şturmçi samolyoti halokatga uçradi. Bu haqda Mudofaa vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Hozirda samolyotning ikki uçuvçisi qidirilmoqda, ular halokat paytida katapulta yordamida samolyotni tark etişga ulgurişgan.

«Parvoz jangovar töplamsiz amalga oşirilgan. Samolyot heç kim yaşamaydigan joyga qulagan», — deb ma'lum qilgan Mudofaa vazirligi.

Su-25 şturmçi samolyoti jang vaqtida quruqlikdagi qöşinlarni qöllab-quvvatlaşga möljallangan, u kiçik ölçamdagi harakatlanuvçi va bir joyda turuvçi obektlarni yöq qila oladi. Samolyot 10 ming metr balandlikda soatiga 950 kmgaça tezlikda uçişi mumkin.