Rossiyada juda keng muhokama bölayotgan bu voqea mana bunday boşlangan. Politsiyaga Daud Daudovning onasi murojaat qiladi. Uning aytişiça, ayolning 31 yoşli kelini Laura Tamadayevani tuğganidan keyin reanimatsiyaga olib borişadi. Ayol tört kun davomida jonlantiriş bölimida böladi. Egizaklarni onasiga emizişga olib kelişadi va salomatligi borasida muammo bölmaydi.

«Biz Surgutda yaşaymiz. Nabiralarimiz tuğilganini aytişgaç, 11 fevral kuni uçiş uçun çipta oldik. Laura tört kun jonlantiriş bölimida yotgani va özini yomon his qilayotganini aytdi. Keyin esa menga telefon qilib, bolalar 8 fevral kuni ölganini aytişdi. Bir kun ötib! Qanday qilib ikki bola birdaniga ölib qolişi mumkin? Biz nima bölganini tuşunmay yölga çiqdik. Odatlarimizga köra bolalarni Doğistonga kömişga qaror qildik. Bu bolalar tuğilgan Stavropoldan 700 km uzoqda. Bolalarga ism qöydik, odatimiz şunaqa. Bolalarning yuzini körmoqçi böldim, kasalxonaga borganda Lauraning aytişiça, egizaklarni yuvişgan, domla öqigan va oçiş mumkin emas, deb aytdi.

Kelinimga 4 kun davomida bolalarni emizişga olib kelişgan, bolalar göyoki ölgan kuni ular onasi bilan bölgan, emgan, yiğlagan. Lauraga bolalar ölgani haqida heç qanday hujjat berişmagan. Ikkita mulla kelib, bolalar fariştaga aylandi, deb tinçitişga uringan.

Odatimizga köra, odam kömilgaç, yuzini qiblaga qaratib qöyamiz. Öğlim kafanni oçib qarasa, içida jasad emas, qöğirçoq turibdi. Oddiy qöğirçoq. Bolalar tirik ekan, demak, ularni almaştirib qöyişgan yoki nimadir qilişgan», degan Daud Daudovning onasi.

Bu voqea şunçalik şov-şuvlarga sabab böldiki, Stavropol gubernatori Vladimir Vladimirov munosabat bildirişga majbur böldi. U vaziyatni öz nazoratiga olganini ma'lum qildi. Gubernator holat böyiça barça organlarni oyoqqa turğizgan, soğliqni saqlaş boşqarmasiga topşiriq bergan.

Köp ötmay Stavropol soğliqni saqlaş boşqarmasi holat böyiça munosabat bildirdi. Munosabatda aytilişiça, Stavropolda ikkita perinatal markaz bor va ularning heç birida bolalar ölimi bilan boğliq holat kuzatilmagan. Har ehtimolga qarşi Stavropoldagi barça tibbiyot birlaşmalari tekşirilgan va heç qayerda bolalar ölimi bilan boğliq holat qayd etilmagani aniqlangan.

Internetda tarqalgan videolarda holat Stavropoldagi 1 raqamli perinatal markazda sodir bölgani aytilgani sabab uşbu tibbiyot birlaşmasidagi 190 ta nazorat kamerasi yozib olgan kadrlar tekşirib çiqilgan. Kuzatuv kameralarida ham qandaydir noodatiy holat