17 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da Yeysk şahri yaqinida Azov dengiziga Su-25 rusumli şturmovik qulab tuşdi. Bu haqda Krasnodar ölkasi operativ ştabi telegram-kanalida xabar berilgan.
«Mavjud ma’lumotlarga köra, pilot katapulta qilingan, qutqaruvçilar uni darhol evakuatsiya qilişgan. Samolyot qulaşi sababini aniqlaş uçun voqea joyida mudofaa vazirligi va maxsus xizmatlar mutaxassislari iş olib borişmoqda», — deyiladi xabarda.
Janubiy harbiy okrug bu ma’lumotni tasdiqlab, Su-25 öquv parvozini amalga oşirayotgan bölganini xabar qildi. TASS agentligi xabariga köra, halokatga dvigatel işlamay qolgani sabab bölgan.
Agentlik öz manbasiga tayangan holda xabar berişiça, şturmovik uçuvçisini suvdan olib çiqib, jonlantirişga harakat qilişgan. Baza telegram-kanali xabariga köra, u suvga qöniş vaqtida oyoğini sindirib olgan va paraşyut arqonlariga öralaşib qolgan. Soat 16:00 atrofida Baza va «112» manbalari u halok bölganini xabar qildi. Köp ötmay Krasnodar ölkasi Yeysk rayoni rahbari Roman Bublik uçuvçining ölimini tasdiqladi.
«112» xabarida yozilişiça, Su-25 sohildan 2 km masofada qulagan. Baza xabariga köra, dengizning bu qismi çuqur bölmagani uçun samolyot parçalari suv yuzasidan ham körinib turibdi.
- Ötgan yil oktyabrida ham Yeyskda öquv parvozi çoğida Su-34 rusumli qiruvçi-bombardimonçi samolyot halokatga uçragandi. U havoga kötariliş vaqtida qulagan va köp qavatli uyga urilgandi. Natijada 16 kişi halok bölgan, yana 20 ga yaqin kişi jarohatlangandi. Uçuvçilar muvaffaqiyatli katapulta qilingandi.
- Tergov qömitasi halokat sababi böyiça texnik nosozlikni asosiy versiya sifatida keltirgan. Jinoyat kodeksining 351-moddasi böyiça (parvoz xavfsizligi va unga tayyorlaniş qoidalari buzilişi) jinoiy iş qözğatilgan.


















