Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizining suvi qurigan hududlarida “Yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish hamda Mo‘ynoq shahrini ko‘kalamzorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Orol dengizining suvi qurigan tubida “Yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etishni davom ettirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev) hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (Bakirov) bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan hududini xatlovdan o‘tkazadi, bunda:
tuproq tiplarini va sho‘rlanish darajasini o‘rganilishiga alohida e'tibor qaratiladi;
2019-2020 yillarda “Yashil qoplamalar” barpo etiladigan maydonlarni aniqlaydi va xaritasini ishlab chiqadi;
2019-2020 yillarda “Yashil qoplamalar” barpo etiladigan yer maydonlarini doimiy foydalanish uchun davlat o‘rmon fondiga o‘tkazib berilishini ta'minlaydi.
“Yashil qoplamalar” barpo etish uchun istisno tariqasida:
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaligi organlari — buyurtmachi va pudratchi etib;
“O‘rmonloyiha” davlat unitar korxonasi — bosh loyihachi etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:
a) “Yashil qoplamalar” barpo etiladigan hududlarni o‘rmon xo‘jaliklarining imkoniyatidan kelib chiqib biriktirilishini, “Yashil qoplamalar” amalga oshiriladigan hududlarda himoya o‘rmonzorlari o‘z muddatida va sifatli barpo etilishi nazorat qilinishini ta'minlaydi;
“Yashil qoplamalar” barpo etiladigan o‘rmon xo‘jaliklari xodimlariga O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibiga asosan belgilangan tartibda kompensatsiya xarajatlari to‘lanishi nazarda tutilishini ta'minlaydi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019 yilning kuz-qish va 2020 yil davomida jami 700 ming gektar maydonda “Yashil qoplamalar” barpo etilishini tashkil etadi;

















