Ikrom Karimov (ism-şariflar özgartirildi) 2018 yil noyabr oyida Yangiyer şahridagi «Dehqon bozori»ga borib, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi fuqaro Yo. Xöjamovga özini «Alişer ismli Sirdaryo viloyati departamenti xodimi» deb taniştirgan va kelajakda qöllab-quvvatlab turişni va'da qilgan, deb yozmoqda Jinoyat işlari böyiça Sirdaryo viloyati Xovos tuman sudi raisi O. Nabiyev «Postda» naşrida.
Söng u bozorda valuta tadbiri ötkazilayotganligi uçun 3500000 söm pul yetmay qolganligi, tadbir tugagaç, qaytarib berişini aytib, undan uşbu summani olgan.
Ikromning tuzoğiga tuşgan navbatdagi jabrlanuvçi samarqandlik Q. Murodov böldi. Ikrom öziga avvaldan notaniş bölgan bu fuqaro bilan ötgan yilning 3 dekabr kuni Samarqand şahridagi Rudakiy köçasida körişadi. Ikrom unga davlat hisobiga musodara qilingan «Jyentra» rusumli avtomaşinani arzon narxda auksion orqali olib berişni aytadi. Harakatlari işonçli bölişi uçun Q. Murodovning fuqarolik pasportini qölga kiritadi. Söng avtomaşinani rasmiylaştirib berişini aytib, undan 18252800 söm, ya'ni 2200 AQŞ dollarini oladi.
Ikrom 2019 yilning 16 yanvar kuni tanişi Ahmad Murodovga qönğiroq qilib, özini Yodgor ismli Toşkent şahar prokuraturasi xodimi deb taniştirdi va unga öğli M. Murodovni Oliy sudga protest kiritiş yöli bilan qamoqdan çiqişiga yordam berişini aytdi. Oradan uç kun ötgaç, «Oltin baliq» kafesi oldida u bilan körişib, xizmati evaziga 2000 AQŞ dollari söraydi. A. Murodov bu haqda Sirdaryo viloyati prokuraturasi va Departamentning viloyat boşqarmasi xodimlariga ma'lum qilgaç, ötkazilgan tezkor tadbirda firibgar qölga olindi.
Qayd etilişiça, yuqoridagi kabi firibgarlik harakatlarini sodir etgani uçun u 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

















