AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞga katta talafot yetkazişi mumkin bölgan “Dorian” dovuli eng xavfli toifaga yetayotgan bir vaqtda öziga qaraşli golf maydonlaridan birida bamaylixotir golf öynagan. Trampning bu harakati borasida CNN telekanali mulohaza yuritdi.
Trampning bu harakatlari ikkiyuzlamaçilik sifatida tanqid qilingan. 2014 yil oktyabrda Trampning özi undan avvalgi prezident Barak Obamani butun AQŞdan Nyu-Yorkka Ebola bezgagi tarqalişini muhokama qilgani mutaxassislar uçib kelgan vaqtda golf öynagani uçun tanqid qilgandi.
Tramp dovul yaqinlaşayotgani sababli Polşaga Ikkinçi jahon uruşi boşlanişi bilan boğliq xotira tadbirlarida iştirok etişi kerak bölgan safarini bekor qilgandi. U dam oliş kunlari tvitterda tabiiy ofat haqida 130 ga yaqin post qoldirib, söngra golf öynagani yöl olgan.
AQŞ prezidenti uning bu qilmişini tanqid qilgan London meri Sodiq Xonga javoban “uning golf bilan şuğullanişi uşbu sport turi bilan öz maydonlarida şuğullangani sababli soliq tölovçilarga arzonroq tuşişini” aytgan. Ta'kidlanişiça, bu holat uning masalaning mohiyatini anglamasligidan darak beradi. Gap esa ön minglab amerikaliklar tabiiy ofat kelişiga tayyorlanayotgan bir paytda golf öynaş örinsiz ekani haqida ketmoqda, deyilgan CNN’da.













