20-22 sentabr kunlari Toşkent dzyudo böyiça navbatdagi Gran-pri musobaqasiga mezbonlik qiladi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting oçkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqani ötkaziş uçun bu yil juda katta tayyorgarlik körilmoqda, deya xabar berdi MOQ.
Bir neça oy muqaddam Xalqaro dzyudo federatsiyasi mutasaddilari poytaxtdagi “Humo arena” köp tarmoqli muz saroyini közdan keçirib ötişgan. Endilikda bu yilgi Toşkent Gran-prisi rasman “Humo arena”da bölib ötişi tasdiqlandi.
Uşbu Gran-pri musobaqadasida ğalaba qozongan sportçilar Tokio Olimpiadasi uçun 700 reyting oçkosiga ega bölişadi. Toşkent Gran-prisi esa kattalar uçun Tokio mezbonlik qilgan jahon çempionatidan keyingi yirik musobaqadir.

















