2019/2020-öquv yilidan boşlab Respublika oliy ta'lim muassasalarida ta'lim yönalişlari böyiça bir nafar talabani tölov-kontrakt şaklida bir yillik öqitiş qiymati miqdorlari belgilangan tartibda tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bakalavriat, magistratura va ikkinçi mutaxassislik böyiça kunduzgi ta'lim şaklida tölov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uçun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda tölovlarni amalga oşirişi mumkin.
Jadvalda kunduzgi ta'lim şakli böyiça tölov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya tölovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan şaklda keltirilgan.
Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga tölanişi belgilanayotgan 400 000 söm, bir yilda jami 4 800 000 sömni çegirib taşlaş hisobiga şakllantiriladi.
Misol uçun, Bakalavriatning Pedagogika ta'lim yönalişi böyiça tölov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 öquv yilidan boşlab, quyidagi tartibda tölovlarni amalga oşirişi mumkin:
- Stipendiya bilan – 10 792 960 söm (Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).
- Stipendiyasiz – 5 992 960 söm (10 792 960 söm - 4 800 000 söm)
Eslatib ötamiz, 2019/2020 öquv yilidan boşlab tölov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik tölanadigan stipendiya miqdori 400 000 söm etib belgilanadi.
Özbekistoni Respublikasi Prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765 – son Farmoni bilan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boşlab - 634 880 söm etib belgilangan.
Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorlari oşirilganda tölov-kontrakt qiymati miqdorlari navbatdagi öquv semestr boşidan mos ravişda oşiriladi.












