So‘nggi oylarda Davlat ekologiya qo‘mitasiga aholi, jamoatchilik tashkilotlari tomonidan atrof muhitga zararli tashlamalar tashlayotgan yirik sanoat korxonalari faoliyati yuzasidan shikoyat va murojaatlar kelib tushmoqda.
Mazkur murojaatlarda, Toshkent viloyatining Chirchiq, Ohangaron shaharlaridagi “Maxam-Chirchiq”, “Ammafos-maksam” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati natijasida atmosferaga, ochiq suv havzalariga tashlanayotgan zararli moddalar atrof muhitga, fuqarolar salomatligiga xavf solayotganligi qayd etilgan.
Ushbu murojaatlarni o‘rganish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJning perimetri bo‘ylab (16 km) atmosferadan 8 ta nuqtadan (oraliq 800 metr, korxona devoridan 15 metr masofada) namunalar olinib, tahlil qilinganda atmosfera havosi tarkibida ammiak miqdori ruxsat etilgan me'yordan – 1,1 – 2,8 marotaba, vodorod sulfid miqdori –
4,5 - 7,4 marotaba, uglerod oksidi – 1,2 marotaba yuqoriligi aniqlandi.
Yuqoridagi o‘rganishlar “Ammafos-maksam” AJda ham o‘tkazildi, olingan havo namunalari olinib tahlil qilinganda, havo tarkibida oltingugurt moddasi miqdori ruxsat etilgan me'yordan – 2,6 martaga, azot ikki oksidi 8 martaga ortganligi aniqlandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan “Ammafos-maksam” AJ faoliyati yuzasidan tayyorlangan ma'lumotlar asosida “O‘zbekiston ekologik partiyasi” tomonidan iyul oyida jamoatchilik eshituvi tashkil etilib, mazkur korxona tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar keng jamoatchilik bilan muhokama qilindi.
Amalga oshirilgan o‘rganishlar natijalariga asosan yuqoridagi korxonalarda faoliyati joriy yil 5 avgustdan 26 avgust kuniga qadar davlat ekologik nazorati olib borildi.
Xususan, “Maxam-Chirchiq” AJda olib borilgan tekshirish davomida
29 ta asosiy va yordamchi sexlaridagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi

















