Prezidentning Professional ta'lim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi farmoni imzolandi.
Farmonga muvofiq, 2020/2021 öquv yilidan boşlab Özbekiston Respublikasida Ta'limning xalqaro standart tasniflagiçi darajalari bilan uyğunlaşgan yangi boşlanğiç, örta va örta maxsus professional ta'lim tizimi hamda tabaqalaştirilgan ta'lim dasturlari joriy etiladigan ta'lim muassasalari tarmoği taşkil etiladi.
Hujjat bilan:
Xalqaro tasniflagiçning 3-darajasiga mos keluvçi ta'lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvçilarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan boşlanğiç professional ta'lim bosqiçida kadrlar tayyorlaydigan ta'lim muassasalari röyxati;
Xalqaro tasniflagiçning 4-darajasiga mos keluvçi ta'lim dasturlari asosida örta professional ta'lim bosqiçida kadrlar tayyorlaydigan ta'lim muassasalari röyxati;
Xalqaro tasniflagiçning 5-darajasiga mos keluvçi ta'lim dasturlari asosida oliy ta'lim tizimi bilan integratsiyalaşgan örta maxsus professional ta'lim bosqiçida kadrlar tayyorlaydigan, oliy ta'lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta'lim muassasalari röyxati;
Kasbga öqitiş markazlarini taşkil etiş uçun Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga ötkaziladigan kasb-hunar kollejlari röyxati;
Oliy ta'lim muassasalari quvvatlarini oşiriş, istiqbolda xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallarini taşkil etiş uçun beriladigan kasb-hunar kollejlari röyxati;
Oliy ta'lim muassasalarining köp tarmoqli öquv markazlari va amaliyot poligonlarini taşkil etiş uçun beriladigan kasb-hunar kollejlari röyxati;
Binolari umumiy örta ta'lim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari röyxati tasdiqlansin.
Mazkur farmon bilan quyidagilar belgilab qöyildi:
a) boşlanğiç, örta va örta maxsus professional ta'lim muassasalariga Xalqaro tasniflagiç böyiça asosiy ta'lim dasturlaridan taşqari quyi darajadagi ta'lim dasturlari böyiça kadrlar tayyorlaş huquqi beriladi;
b) tizimda mos ravişda boşlanğiç, örta va örta maxsus professional ta'lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta'lim muassasalari tarmoği taşkil etiladi;

















