Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi Olot tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tezkor ekologik reyd ötkazildi, deb xabar berdi Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi axborot xizmati.

Xabarda aytilişiça, reyd davomida Qoraköl tuman Poykent MFYda yaşovçi fuqarolar H.M., H.R.,S.F.,R.B lar Olot tumani Bahoriston hududiga qaraşli tumanlararo kollektordan qölbola usulda tayyorlangan vositalar yordamida baliq ovlaş bilan boğliq qonun buziliş holati sodir etilayotgan vaqtda töxtatildi. 

Ular uç dona oq amur baliği, ön uç dona oqköz baliği hamda Özbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan, yöqolib borayotgan uç dona turkiston möylovdori baliqlarini tutişgan. 

Qonunbuzar fuqarolardan ov jarayonida foydalanilgan qölbola ovlaş vositalari, rezina qayiq, elektr simlar olinib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi va jinoyat alomatlari borligi sababli Olot tuman içki işlar bölimiga topşirildi.