10:46 / 08.09.2019
0
41153

UFC prezidenti Nurmagomedovning keyingi raqibi kim bo‘lishini ma'lum qildi

UFC prezidenti Deyna Uayt UFC 242 musobaqasi asosiy jangi g‘olibi Xabib Nurmagomedov endi kimga qarshi oktagonga chiqishini ma'lum qildi.

«Toni Fergyuson — Xabib uchun keyingi raqib. Albatta, u (Fergyuson) rozi bo‘lsa. Ko‘ramiz, Xabib qachon qaytishga tayyor bo‘larkan. Agar Fergyuson rozi bo‘lsa, Xabib uchun navbatdagi jangi u bilan bo‘ladi. Toniga shunday imkoniyat allaqachon taklif etilgan.

Ammo Toni istamasa yoki ishlar ko‘ngildagidek ketmasa raqib Konor bo‘lishi ham mumkin.

Konor revansh olishni istamoqda. Ishonamanki, fanatlarga bunday jangni ko‘rish juda qiziq bo‘lardi», — deydi Uayt.

Rossiyalik jangchi 8 sentyabrga o‘tar kechasi Abu-Dabida amerikalik Dastin Poreni uchinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etib, ikkinchi marta chempionlik kamarini himoya qildi.

Toni Fergyuson 12 g‘alabadan iborat seriya qayd etmoqda. U faoliyatida jami 25 g‘alabaga erishib, 3 marta mag‘lub bo‘lgan. Xabib Nurmagomedov esa 28 marta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top