Kun.uz tahririyati Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi hamda uning faoliyati, bugungi kunda mazkur sohada olib borilayotgan işlar, vujudga kelayotgan dolzarb masalalar va ularning yeçimlariga oid bir qator savollarga javob oliş maqsadida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Najmiddinxöja Şaripov bilan suhbat uyuştirdi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Suhbat avvalida qömita raisi raqobat bozorini yanada rivojlantiriş yoki raqobatni himoya qilib turiş qömitaning boş vazifasi ekanligini alohida ta'kidladi.

«Raqobat bozorini himoya qilib turmasangiz, unga salbiy ta'sir qiladigan omillar mavjud. Öşa omillardan bittasi bu – davlat taşkilotlari yoki hokimliklar tomonidan öz imkoniyatlaridan kelib çiqib ta'sir ötkaziş. Ma'lum bir korxonaga qandaydir imtiyozlar beriş va öz navbatida qaysidir korxonani çeklab qöyiş. Raqobat şakllangan bozorda vazirliklar yoki davlat idoralarining ham iştiroki bor. Misol tariqasida litsenziyalaş, qanaqadir ruxsatnoma beriş tartib-tamoyillari, davlat xizmatlarini amalga oşiriş. Mana şu jarayonlarda ham davlat organlarining raqobat rivojlangan bozorga ta'siri bölişi mumkin. Qömitamiz davlat organlari tomonidan noqonuniy yoki çeklovçi harakatlarini örnatilgan tartibda körib çiqib, tegişli körsatmalar berib, bartaraf etadi.

Keyingi masala monopol bozor. Raqobat yöq bozorda yakkahukmronlik, monopoliyaçi korxona faoliyat yuritadi. Bozorda ustunlik mavqeyini egallagan korxonalar soni kam emas. Hozirda 96ta xöjalik yurituvçi sub'yekt röyxatga olingan. Ularning orasida birlaşmalar – şaxslar guruhi ham bor. Jami 320ta sub'yekt monopolist sifatida qayd etilgan. Bu korxonalar faoliyati Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan doimiy nazoratda. Monopoliyaçi degani bu qonun buzilişi emas, balki bozordagi holatdir», deydi qömita raisi.

Najmiddinxöja Şaripovning ta'kidlaşiça, dastlabki örganişlar natijasida Özbekiston böyiça 4 ming 200ta bilvosita va bevosita davlat iştiroki bilan faoliyat körsatayotgan korxonalar mavjudligi aniqlangan. Ulardan 1 ming 900taga yaqini davlat unitar korxonalaridir. 1 ming 300tasi aksiyadorlik jamiyatlari va MÇJlar. 800tadan ziyodi yuqoridagi korxonalar iştiroki bilan bilvosita faoliyat yuritadi.