Sport | 00:53 / 09.09.2019
16620
1 daqiqa o‘qiladi

Rafael Nadal o‘z aniqligi bilan tomoshabinlarni lol qoldirdi (video)

Ispaniyalik mashhur tennischi Rafael Nadal AQSh Ochiq chempionatining chorakfinalidagi g‘alabani antiqa yo‘l bilan nishonladi.

Ispaniyalik sportchi Diyego Sebastyan Shvarsman ustidan g‘alaba qozongan. Uchrashuv yakunlangach Nadal tribuna tomon o‘girilib, to‘pni o‘zidan ancha uzoqdagi sharhlovchi xonasiga aniq yo‘llagan.

Xonadan sharhlovchilik qilgan sobiq tennischi Jon Makinroy ikkinchi raqamli tennischining aniqligini yuqori baholab, unga boshmaldog‘ini yuqoriga ko‘targan holda ko‘rsatgan. Tennischi ham unga shunday javob qilgan.

Nadalning aniqligini tomoshabinlar ham yuqori baholashgan.

Ta'kidlab o‘tish joiz, Nadal musobaqa finalida rossiyalik tennischi Daniil Medvedev bilan bahslashadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid