O‘zbekiston | 18:34 / 10.09.2019
4068
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yilda 100 ming kishiga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladi

2019 yil yakuniga ko‘ra, norasmiy mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan 100 ming fuqaroga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladi. BvaMMV vaziri birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinovning bildirishicha, bundan ko‘zlangan maqsad o‘zini-o‘zi vaqtinchalik mehnat bilan band qilgan aholi qatlamining kelgusida ijtimoiy himoyasini kafolatli ta'minlashdir. Ma'lum bir miqdordagi to‘lov evaziga, belgilangan muddat uchun mehnat staji hisoblanadi va keksayganda to‘laqonli pensiya olishi mumkin bo‘ladi. 

«Bandlik va mehnat munosabatlari idoralari salohiyati va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida hamda aholini yangi ish joylari bilan ta'minlash uchun Jahon banki 50 mln dollar miqdorida kredit ajratildi. Ushbu loyiha doirasida ayrim toifadagi guruhlarni ijtimoiy himoyalash tizimi modernizatsiya qilinadi va maqsadli ko‘mak beriladi», - dedi Erkin Muhiddinov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalishda quyidagi ishlaar amalga oshiriladi:

- manzillilik va xabardorlik, ijtimoiy yordamni yaxshilash uchun ijtimoiy tadqiqotlar va axborot kampaniyalari o‘tkazish;
- kasanachilikni rivojlantirish;
- AKT bo‘yicha treninglar;
- ijtimoiy to‘lovlar samaradorligini yaxshilash maqsadida dasturiy ta'minotlar ishlab chiqish va litsenziyalar xarid qilish;
- ijtimoiy himoya tizimi xodimlari salohiyatini oshirish.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid