Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Farğona viloyati hududiy boşqarmasi böş turgan harbiy qism bino-inşootlari investitsiya majburiyatlari evaziga “nol” xarid qiymatida berilişi haqida ma'lum qildi.
Obekt Rişton tumani, Oq-oltin MFYda joylaşgan. Tanlov şartlari:
investitsiya majburiyatlarining eng kam miqdori 2500,0 (mln. söm)
investitsiya kiritiş muddati: 2 yil
yaratiladigan yangi iş örinlari soni: 160ta.
Tanlov savdolari 2019 yil 7 oktabr kuni ötkaziladi.
Tanlovda qatnaşiş uçun talabgor yoki uning vakolatli vakili şaxsan yoxud poçta orqali hududiy tanlov komissiyasining işçi organiga tanlov töğrisidagi xabarnomada belgilangan muddatda tanlovda qatnaşiş uçun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ikki nusxada buyurtmanoma taqdim etadi:
nodavlat yuridik şaxslar uçun – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan vakolatli vakilning tanlovda qatnaşişi uçun işonçnoma, uning şaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
jismoniy şaxslar uçun – pasportining nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnaşgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan işonçnoma, uning şaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
biznes reja muhrlangan konvertda, şuningdek, tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov takliflari (taklif qilinayotgan investitsiya majburiyatlari summasi, uning şakli, muddati va kiritiş şarti).
Tanlov ğolibi deb topilgan talabgorlar oldi-sotdi şartnomasi imzolangandan söng 30 kun muddat içida obektni mustaqil baholovçi taşkilotga baholatib, baholaş hisobotlarini Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Farğona viloyati hududiy boşqarmasiga taqdim etişlari şart.

















