Nissan yapon korporatsiyasining sobiq rahbari Karlos Gonning moliyaviy firibgarliklari kompaniyaga 35 mlrd iyen (327 mln dollar) miqdorida zarar keltirdi. Bu haqda kompaniyaning direktorlar kengaşi raisi Yasusi Kimura ma'lum qildi. 

“Karlos Gonga nisbatan içki tekşiruvimiz ötgan yil oktyabridan davom etgan. Biz uning firibgarliklari natijasida kompaniyaga yetgan ziyon 35 mlrd iyenni taşkil qilganini hisoblab çiqdik. Şu sababli uning ustidan sudga da'vo arizasi bermoqçimiz”, deb aytgan Kimura aksiyadorlar yiğilişi yakunlariga köra.

Nissan kompaniyasi Renault-Nissan-Mitsubishi avtomobil alyansining sobiq rahbari Karlos Gon bilan boğliq mojaro sababli hamon diqqat markazida qolmoqda. Gon aprelda turmadan ozod qilinib, 500 mln iyen (4,5 mln dollar) garov puli evaziga uy qamoğiga jönatilgan. U Tokiodagi uyida qolişi kerak va sud ruxsatisiz hattoki rafiqasi bilan ham uçraşa olmaydi.