Namanganda ikki chaqaloq qasddan o‘ldirildi. Bosh prokuratura rasmiy ma'lumot berdi
2019 yil 9 sentabr kuni soat taxminan 04:30larda Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksiga qarashli binoning orqa hovlisidan fuqaro D.X. (1996 y.t.) va M.T.(1997 y.t.)larning 2019 yil 2 sentabr kuni tug‘ilgan qiz chaqaloqlari tirik holda topilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, biroq, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloqlar vafot etishgan.
Aniqlanishicha, 2019 yil 9 sentabr kuni soat taxminan 03:30larda fuqaro D.X. 2019 yil 2 sentabr kuni tug‘ilgan farzandini oldiga kirib, uni oyoqlari notekis (nuqsonli) tug‘ilganligidan achchiqlanib, undan qutulish maqsadida o‘z chaqalog‘i bilan birgalikda, kelgusida sodir etayotgan qilmishi fosh bo‘lib qolishini oldini olish maqsadida shu xonada yotgan M.T.ning qiz chaqalog‘ini ham olib, deraza oynasi orqali ularni tug‘ruq kompleksining 2-qavatidan pastga uloqtirib yuborgan. Oqibatda chaqaloqlar og‘ir tan jarohatlari olishgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 9 sentabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq kompleksi mas'ul shaxslariga nisbatan 116-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.X. protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
16:51 / 16.12.2024