Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida tibbiy kislorod işlab çiqariş mini-zavodining oçiliş marosimi ötkazildi. Mazkur yangilik Soğliqni saqlaş vazirligi va GIZning «Özbekistonda peşqadam tibbiy texnologiyalyarni boşqariş» loyihasi asosida amalga oşirildi. Tadbirda ADTI va Andijon viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbar xodimlari hamda GIZ vakillari qatnaşdilar.


Marosimda söz olgan ADTI rektori M.Madazimov, ADTI klinikasi boş şifokori B. Rahmanovlar tibbiy kislorod şifoxonalarda bemorlarni davolaş uçun muhim ekanligi, ilgari klinika uçun kislorodni ballonlarda taşib olib kelinişi, mini-zavod nafaqat tibbiy kislorodni sotib oliş uçun xarajatlarini qisqartirib, bemorlarga öz vaqtida sifatli tibbiy kislorodni xavfsiz, oson yetkazib berilişini ta'minlaşi, ballonlarni yonğinga qarşi saqlaş böyiça paydo bölişi mumkin bölgan muammolar yeçimini ham topişi haqida sözladi.

Mini-zavod xarajatlari uçun 130 000 yevro sarf etildi.


Şu kuni ADTI klinikasida «Ginekologiyada laparoskopiya va gisteroskopiya» mavzusida jarroh va ginekologlar uçun mahorat darslari bölib ötdi. Unda Andijon, Namangan va Farğona viloyatlaridan soha vakillari qatnaşdi. Tibbiyot xodimlari ikki kun mobaynida malakali mutaxassislar qöl ostida diagnostika va ginekologik kasalliklarni yuqori texnologiyali tibbiy jihozlar yordamida davolaş böyiça öz malakalarini oşirdilar. GIZ loyihasi doirasida taşkil etilgan darslar innovatsion texnologiyalar qöllanilgan holda ötkazilib, taşrix xonalaridan töğridan-töğri translatsiyalar olib borildi.


Elmurod Ermatov, Andijon















