Quvalik ikki talaba – Asadbek Hotamov va Muzaffar Toirov Andijon davlat tibbiyot institutining 2-kursini ham kontrakt asosida tamomlayapti, vaholanki ular kiriş imtihonida grant asosida öqiş uçun yetarli ball yiğgan.

Bunga birlamçi sabab – imtihonga hujjat qabuli vaqtida xodim-operator yöl qöygan xato. Boşqa bir sabab esa, mas'ullarning mas'uliyatsizligi.

Talabalarning ota-onalari turli vazirliklar va mutasaddi taşkilotlarga köp bora arz qilib, natijaga erişa olmagaç, Toşloq tuman va Farğona viloyati ma'muriy sudlariga murojaat qilişgan.

Har ikki sud Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasiga Asadbek Hotamov va Muzaffar Toirovni Farğona viloyati uçun ajratilgan davlat granti asosida talabalikka qabul qiliş majburiyatini yuklagan. Biroq komissiya sud qarorini ijro etmayapti.

Ma'lumot uçun, Davlat qabul komissiyasining işçi organi – Vazirlar Mahkamasining Ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat, yoşlar, ma'naviyat va jamoat taşkilotlari, mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş masalalari kotibiyati hisoblanadi.

Muzaffar Toirov va Asadbek Hotamov

Muzaffarbek Toirovning onasi Azizaxon Qodirova öğlining test imtihonlarida 168,4 ball yiğgan bölsa ham, şartnoma asosida öqiyotgani böyiça Oliy ta'lim vazirligi, Davlat test markazi va boşqa mutasaddi taşkilotlar eşigini köp bora qoqqani haqida uzoq sözladi.

«Öğlim 2019 yil 12 iyunda Andijon davlat tibbiyot institutida davolaş yönalişi böyiça öqimoqçi bölib, Farğona davlat politexnika institutida taşkil etilgan qabul komissiyasiga borib, öz hujjatlarini topşirgan. Hujjat topşiriş jarayonida operatorning aybi bilan farzandim Farğona viloyati uçun ajratilgan davlat grantida maqsadli tanlovda iştirok etiş huquqidan mahrum bölgan. Ya'ni operatorning aybi bilan umumiy tanlovda qayd etilgan. Oqibatda Farğona viloyati uçun ajratilgan davlat grantida budjet asosida öqişga balli yetgan bölsa ham kontrakt asosida öqiyapti.