Soğliqni saqlaş vazirligi Andijon davlat tibbiyot institutidagi korrupsiyaga yöl qöyilgani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
DXX institut dekani örinbosari A.N. hamda kafedra assistenti K.X. fuqarolarni öqişga kiritib qöyişni va’da qilib, ulardan pora olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingani haqida xabar bergandi. Hozir mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilişiça, soğliqni saqlaş vaziri buyruği bilan Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari tomonidan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlarni örganiş yuzasidan vazirlikning işçi guruhi tuzilib, xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Ayni paytda mazkur oliy öquv yurtida mas’ul şaxslarning öqişga kiritib qöyiş maqsadida korrupsiyaviy omillarga yöl qöyilgani, uni keltirib çiqarayotgan tizimli muammolar hamda bunga imkon beruvçi sabab va şart-şaroitlarni aniqlaş va bartaraf etiş yuzasidan töliq örganiş ötkazilmoqda.
Şuningdek, korrupsiyaviy holat sodir etilişiga şaroit yaratib bergani, muassasa xodimlari örtasida yetarliça tuşuntiriş işlari olib bormagani sababli institutning qator mas’ullariga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanişi aytilgan.
«Hurmatli yurtdoşlar! Agar Siz soğliqni saqlaş tizimida biror bir korrupsion holatga duç kelsangiz, vazirlikning 1003, 1203 va 1103 (hududlar böyiça) qisqa raqamli işonç telefonlariga murojaat qilişingiz mumkin.
Eslatib ötamiz, Soğliqni saqlaş vazirligi korrupsiyaviy holatlar hamda noqonuniy xatti-harakatlarning har qanday körinişiga nisbatan murosasiz munosabatda böladi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

















