Filippin taşqi işlar vaziri Teodoro Loksin hukumat BMTning Filippinda inson huquqlariga amal qilinişi böyiça doklad tayyorlaş ustida işlayotgan ekspertlarini mamlakatga kiritmoqçi emasligini ma'lum qildi. Bu haqda ABS-CBN telekanali ma'lum qildi.

Iyulda BMTning inson huquqlari böyiça kengaşi Filippinda inson huquqlarining himoyalanişi bilan boğliq vaziyat, jumladan giyohvanfuruşlikka qarşi kuraş doirasida sudlamasdan qatl etişlar haqida doklad tuzilişini közda tutuvçi rezolyutsiyani qabul qilgandi. Manila bu rezolyutsiyani rad etgan. 

“Men ular bu yerga kelib, çinligini tasdiqlay olmaydigan barça narsa haqida gapirişlarini istamayman. Men ularga bunday imkoniyatni bermayman”, deb aytgan Loksin.

Rappler portalining ta'kidlaşiça, vazir BMT ekspertlarini “noxolislikda” ayblagan va ularni “razillar” deb atagan. Şu bilan birga Loksin Filippin BMTning inson huquqlari böyiça kengaşi bilan aloqalarni uziş niyatidamasligini ta'kidlab ötgan. 

2016 yil mayida saylangan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte giyohvandlar va giyohvandfuruşlarga qarşi katta kölamli kuraş olib bormoqda. Jahon hamjamiyati mamlakatda giyohvandfuruşlikka qarşi kuraşişning keskin usullarini qoralab keladi. BMT ekspertlari mamlakat rahbariyatini tartibsiz qotilliklarga qarşi turişga va tölaqonli sud taftişi ötkazilmagan gumonlanuvçilarni qatl etişdan voz keçişga çaqirib kelişadi.