Nega qon guruhlari farqli böladi va u nimalarda aks etadi?
|05:00 / 12.09.201992 22711 min
Qon guruhlari nimasi bilan özgaça, rezus-faktor nima va bularning barçasi inson salomatligi va xarakteriga qanday ta'sir körsatişi haqida qiziqarli ma'lumotlar.
Qon guruhlarga bölinadi
Qonning tarkibi plazma va unda suzib yuruvçi hujayralardan — eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlardan taşkil topgan. Eritrotsit qobiğida yuzlab antigenlar, ya'ni glikoprotein yoki glikolipidlar mavjud bölib, ularning borligi genetikaga aloqadordir. ABO tizimi uçun 2 xil antigen ahamiyatga ega: A va V. Aynan ularning borligi yoki yöqligi qon guruhini belgilab beradi.
A (II) qon guruhi — eritrotsitlar faqat A antigenlarini işlab çiqaradi.
B (III) qon guruhi — faqat B antigenlari çiqariladi.
O (I) qon guruhi — na A antigeni, na B antigeni mavjud.
AB (IV) — A va B antigenlari bor.
Şuningdek, qon guruhlariga boğliq ravişda, plazmada alfa (anti-A) yoki beta (anti-V) antitelalari bölişi mumkin. Ular begona antigenlar bilan kuraşuvçi va immun javobni uyğota oluvçi oqsil birikmasidir.
A (II) qon guruhi — zardobda anti-V antitelasi bor.
B (III) qon guruhi — zardobda anti-A antitelasi bor.
O (I) qon guruhi — anti-A ham, anti-V ham mavjud.
AB (IV) — anti-A ham, anti-V ham yöq.
Nima uçun qon quyiş uçun uning qon guruhi muhim?
Agar A qon guruhidagi insonga V guruhdagi qon quyilsa, zardobdagi anti-V antitelasi donor qonidagi antigenlarga ta'sir bildira boşlaydi, ularga yopişadi va çökindiga aylanadi — agglyutinatsiyalaşadi. Buning natijasida tomirlar bekilib qolişi va ölim kuzatilişi mumkin.
Aynan şuning uçun donor tanlaşda qon guruhi doimo inobatga olinadi.
Inson qoni A guruhiga mansub bölsa, unga A va O guruhini quyiş mumkin.
V guruhidagi insonga V va O qonini quyiş mumkin.
Agar qon guruhi AV toifasiga kirsa, V va O turdagi qon quyiladi.
O guruhiga kiruvçi qon egalariga faqat O guruhidagi qon mos keladi. Ammo ular har qaysi boşqa guruh uçun donor böla oladi. Axir ularda antigen yöq, bu degani ularga qarşi na alfa, na beta antitelalari kuraşga kirişadi.
Mavzuga oid
Biroq qon quyişda uning guruhidan taşqari, rezus-faktori ham muhim.
Rezus-faktor nima?
Rezus-faktor — eritrotsitlar yuqori qavatidagi D-antigen oqsillari. Agar sizda şunday oqsil mavjud bölsa, rezus-faktor musbat böladi (Rh+), agar yöq bölsa — manfiy (Rh–).
Manfiy Rh’li insonga D-antigenli qon quyilsa, uning organizmi D-antitelasini işlab çiqara boşlaydi. Bu eritrotsitlarni vayron qiladi. Şuning uçun rezus-manfiyga mos keluvçi guruh qonini har qanday insonga quyiş mumkin, rezus-musbatli qonni faqatgina Rh+’li insonlarga quyiladi. Vaholanki, yer yuzida manfiy rezus-faktorli qon uruhiga mansub insonlar rezus-musbatlarga qaraganda ança kam — atigi 15 foiz.
Qon quyişdan taşqari, Rh–’li insonlar özlaridagi noyoblikni homiladorlikni rejalaştiriş vaqtida ham inobatga olişlari zarur. Agar Rh– qonli ayolda Rh+ qonli homila paydo bölsa, u ona qoni bilan oz bölsada aloqaga kirişadi va natija antitela işlab çiqilişiga olib keladi. Bu birinçi homiladorlikda muammo tuğdirmaydi, ammo ikkinçi va keyingi homiladorlikda Rh+ homila paydo bölsa, antitela yöldoş orqali ötişi natijasida bola qoni hujayralariga zarar yetadi va anemiya rivojlanadi.
Qon guruhi va rezus-faktor qanday aniqlanadi?
Laboratoriya tahlili ötkaziladi: qon namunasiga alfa va beta reagentlari qöşiladi va reaksiya kuzatiladi.
Agar qonda A antigeni bölsa, anti-V qöşilişi bilan eritrotsitlar çöka boşlaydi, va aksinça — anti-A qöşilişi bilan V antigenli qon çökadi. AV guruhidagi qon heç qanday antitelaga reaksiya bildirmasa, O guruhi har qanday tipdagi antitelaga ta'sirçandir.
Xuddi şu holat rezus-faktorlar bilan ham takrorlanadi: qonga anti-D qöşiladi. Agar özgariş kuzatilsa demak insonda Rh+, yöq bölsa — Rh–.
Qon guruhlari yana biror narsada ta'sir körsatadimi?
Qon guruhiga qarab xarakterni aniqlaşga, parhez va kasb tanlaşga harakat qilişadi. Bu asosan Yaponiyada keng tarqalgan — ularda hamkasb va juft tanlaş, ovqat va hatto soçiq sotib olişda ham qon guruhi ahamiyatga olinadi.
Chris Gladis/Flickr.com
Bu klassifikatsiyalar munajjimlar başorati darajasidadir — kimdir işonadi, ammo isbot yöq. Biz ilmiy izlanişlarga asoslangan ba'zi boğliqliklarni körib çiqamiz.
Ovqat hazm qiliş
Qon guruhi organizmning lektinlarni muammosiz hazm qiliş faoliyatiga ta'sir körsatadi. Lektinlar — donlar, dukkaklilar, sut, dengiz mahsulotlari va tuxum.
Masalan, lima loviyasi ekstrakti faqatgina A guruhidagi eritrotsitlar birlaşişini uyğotadi, uzunçoq pöstli dukkaklilar esa faqat O guruhi eritrotsitlarda. Biroq köplab lektinlar barça qon guruhlariga nisbatan özaro ta'sir körsatadi. Bundan taşqari, qayta işlangan dukkaklilarda lektinlar parçalanadi va heç qaysi qon guruhidagi odamga zarar bermaydi.
Şuningdek, qon guruhlari yoğli ovqatlarni özlaştiriş imkoniyatiga ham ta'sir körsatadi. A va AV qon guruhili insonlarda işqor fosfotazlari ya'ni fosfor va yoğ kislotalari metabolizmi uçun muhim bölgan fermentlar O va V guruhiga nisbatan sezilarli darajada kam. Bu keyingi ta'kidlangan guruhlar yoğli ovqatni hazm qiliş qobiliyatiga egaligini körsatadi.
Salomatlik
Qon guruhi ba'zi kasalliklar xavfini oşirişi mumkin.
Yurak-qon tomir kasalliklari (YuQK)
O guruhiga kiruvçi insonlarning yurak kasalliklariga çaliniş darajasi 11 foiz kam va YuQK xavfi ham juda ozdir. O guruhi bilan soliştirganda A qon guruhidagilar miokard infarktini köproq boşdan keçirişsa, V guruhida işemik insult va venalar trombozi xavfi yuqori.
Saraton
A (II) qon guruhi. Oşqozon raki va Helicobacter pylori — oşqozon yarasini keltirib çiqaruvçi bakteriya bilan zararlaniş xavfi yuqori.
B (III) qon guruhi. Oşqozon osti bezi, qizilöngaç, öt yöllari saratoni xavfi yuqori.
AB (IV) qon guruhi. Oşqozon osti bezi saratoni xavfi yuqori.
O (I) qon guruhi. Teri raki xavfi yuqori, oşqozon va oşqozon osti bezi saratoni xavfi kam.
Olimlar töğri içak, kökrak bezi saratoni va qon guruhlari örtasida bevosita aloqa topişmagan. Ammo saratonning bu turlari inson hayot tarziga jiddiy boğliqdir.
Jismoniy körsatmalar
Qon guruhi jismoniy körsatkiçlarga ta'sir körsatadi: kuç, quvvat, tezlik va harakatlarning mosligi. Quyida biz ma'lum bir qon guruhi vakillari qanday tavsifga egaligi va qaysi sport turida omad qozonişi mumkinligi ehtimollarini körib çiqamiz.
O (I) qon guruhi
Bu qon guruhidagi insonlarni sportçilar, ayniqsa yengil atletikaçilar va kuraşçilar orasida tez-tez uçratiş mumkin. Ular çidamli va turli sport turlarida tez omadga erişişadi. I qon guruhidagi insonlar portlaş harakteridagi işlarga moyil: sprint, yakkakuraş, oğir atletika. Tavsiya: yengil atletika, qisqa masofaga yuguriş, yakkakuraş, oğir atletika.
A (II) qon guruhi
Ikkinçi qon guruhidagi odamlar jang san'atida kam tayyorgarlikka ega bölişadi, biroq texnik tomondan qiyin bölgan sport turlarida muvaffaqiyat qozonişadi. A (II) qon guruhidagi insonlarning köp foizi oğir atletikaçilar va gimnastikaçilar, öyin sport turlari orasida uçratiladi. Tavsiya: oğir atletika, gimnastika, tennis, futbol, voleybol, hokkey, basketbol.
B (III) qon guruhi
Yuqori tezlik va koordinatsiya, yuqori tayyorgarlik uşbu guruh vakillari qisqa vaqtda katta natijalarga erişişida kömak beradi. Uçinçi guruh qoni sohiblari yakkakuraş va tezlik muhim bölgan boşqa sport turlarida omad qozonişadi. Tavsiya: boks va boşqa yakkakuraşlar, funksional köpkuraş.
AB (IV) qon guruhi
IV guruh qon egalari uçun kuç xarakterlidir. Bu insonlarga kuç muhim, ammo harakat tezligi ahamiyatsiz. Tavsiya: pauerlifting, strongmen.
Bu ma'lumotlardan sport turini tanlaşda foydalaniş mumkin, biroq uni buzib bölmas qoida sifatida qabul qiliş yaramaydi. Çunki ğalaba qozonişga imkon beruvçi boşqa körsatkiçlar ham mavjud, masalan ma'lum tipdagi muşak töqimalari va asab tizimi.
Agar siz musobaqalaşiş va sport sohasida faoliyat körsatiş fikridan yiroq bölsangiz, uşbu öziga xos xususiyatlar haqida unuting va öz xohiş-istaklaringizga köra bir maşğulotni tanlang.
Siz qon guruhingizdan qat'i nazar har qanday sport bilan havaskor darajada şuğullanişingiz, salomatligingizni asraşingiz va maşğulotlardan zavq olişingiz mumkin.
Şaxsiyat
Maşhur psixologik testlar orqali qon guruhlari va inson şaxsiyati orasidagi aloqani aniqlaşga bir neça bor urinib körilgan.
Avstraliyalik 240 nafar erkak va ayol qatnaşgan tadqiqotda heç qanday boğliqlik topilmagan. Bu na kanadalik olimning 400 kişilik va na amerikalik izlanuvçining 2,5 ming nafardan ortiq Tayvan talabalari iştirok etgan tahlillarida öz ifodasini topgan.
Hatto yapon olimlari ham qon guruhlari va şaxsiyat örtasidagi boğliqlik 0,3 foizdan kam degan fikrga kelişgan. Şunday qilib, qon va xarakter örtasida uzviy aloqa haqidagi fikrni olğa surişga heç qanday jiddiy asos yöq.
Xulosalar
Qon quyişda u mansub bölgan guruh va rezus-faktor ahamiyatlidir. Agar qon guruhi mos kelmasa, agglyutinatsiya — eritrotsitlar yopişişi boşlanişi mumkin.
Qon guruhlari ovqat hazm qilişda ba'zi ta'sirlarga ega, biroq guruhlar böyiça parhez taşkillaştiriş özining samarali ta'sirini körsatmagan.
Qon guruhlari YuQK xavfiga öz ta'sirini körsatadi, ammo uşbu kasalliklar kelib çiqişining ma'lum omili hisoblanmaydi.
Qon guruhlarining kişi xarakteriga ta'siri aniqlanmagan va şaxsiyatni belgilamaydi.
Internet materiallari asosida N. Qarşiyeva tayyorladi