Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritildi.

Qonun bilan “Şahar yölovçilar transportidan bepul foydalanişni tartibga soliş töğrisida”gi hamda “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi töğrisida”gi qonunlarga tegişinça “Özbekiston faxriy donori” kökrak nişoni bilan taqdirlangan şaxslar uçun bir yöla beriladigan pul mukofoti miqdori oşirilişini nazarda tutuvçi qöşimça va özgartirişlar kiritilmoqda.

Bunda mazkur kökrak nişoni bilan taqdirlanadiganlar BHMning 15 baravari (5 mln 625 ming söm) miqdorida biryöla beriladigan pul mukofotini olişi belgilandi. Ilgari BHMning 5 baravari edi.

Şuningdek, ularga şahar yölovçilar transportidan (bundan yönalişli va yönalişsiz taksilar mustasno) bepul foydalaniş, özlari uçun qulay bölgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga çiqiş hamda sanatoriy-kurortlarda davolaniş uçun yöllanmalarni navbatsiz oliş huquqi berilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.