O‘zbekiston | 17:20 / 13.09.2019
13020
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident maktablari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari tayinlandi.

Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan 2019 yilning 13 sentabr kuni imzolangan qarorga ko‘ra, Nozima Olimjonovna Fayziboyeva Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi. 

Eslatib o‘tamiz, quyidagilar Agentlikning idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazildi:

Prezident maktablari;

tasdiqlangan shtat jadvalini va ularni moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Xalq ta'limi vazirligining hududiy organlari huzuridagi Abdulla Oripov, Hamid Olimjon va Zulfiya, Muhammad Yusuf, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy, Halima Xudoyberdiyeva va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internati va Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

Mavzuga oid