Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 7 sentyabrda Rossiya bilan mahbuslarni almaşiş doirasida ozod qilingan ukrainalik harbiy dengizçilar, ularning oilalari a'zolari bilan uçraşdi.
Uçraşuv Kiyevdagi Mariinskiy saroyidagi boğda ötgan. Zelenskiy harbiylarni vatanlariga qaytganlari bilan tabriklagan. U dengizçilarning yaqinlariga körsatilgan qöllab-quvvatlov uçun alohida minnatdorlik bildirgan.


“Ular ham siz kabi qahramondirlar. Ular sizni qaytariş uçun barça işni qilişdi, biz esa ularga kömak körsatdik”, deb aytgan Ukraina prezidenti dengizçilarga yuzlanib.
Ukraina prezidenti asirlarni qaytariş böyiça amaliyot öta murakkab bölganini, uşbu jarayonga köpçilik jalb qilinganini ta'kidlab ötgan.

Zelenskiy dengizçilarga Odessada uy-joy beriş masalasi hal qilinganini ma'lum qilgan. Dengizçilar öz navbatida prezidentga minatdorlik bildirişgan, ulardan ba'zilari esa davlat rahbarini öz töylariga taklif qilişgan.
Şuningdek. harbiylar Zelenskiyga qölida dengizçilar ismlari yozilgan brasletlarni taqib yurgani uçun minnatdorlik bildirişgan, çunki bu dengizçilarning ozod qilinişi muammosiga doimiy ravişda e'tibor qaratib turgan. Zelenskiy dengizçilarga prezident soatlari sovğa qilgan.

Dengizçilar 2018 yil 25 noyabrda Kerç böğozida yuz bergan voqea oqibatida Rossiya kuçlari tomonidan asirga olingandi.


















