Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Miloddan avvalgi III asrga tegishli madaniy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan xorijiy fuqaro A.Sh. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, uning yuklari orasidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilagan 244 dona qadimiy tangalar hamda 2 dona tarixiy haykalchalar borligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga asosan, mazkur tanga va haykalchalar miloddan avvalgi III-II asrlarda zarb qilingani va ularning qiymati salkam 52 million so‘mni tashkil etishi aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan madaniy boyliklar Termiz Arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
10:15 / 17.06.2026