O‘zbekiston | 21:21 / 14.09.2019
11142
7 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda ochilgan festival, Senatda ko‘rilgan to‘ylar masalasi, Turkiyada yana ommaviy hibslar va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 14 sentabr, shanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

 

O‘ZBeKISTON XABARLARI

Qo‘qon shahrida bugun birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 ·       Shavkat Mirziyoyev: Hunarmandchilikning paydo bo‘lishi – sivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam

·       Prezident farg‘onalik ziyolilar bilan muloqot qildi

·       Prezident elektromobillar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona faoliyati bilan tanishdi. Ularning narxi 3 ming dollar atrofida bo‘ladi

·       Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon va Marg‘ilonni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

 

Senatda to‘ylar masalasi

 ·       To‘y-hashamlar va boshqa oilaviy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma qaror senatorlar tomonidan ma'qullandi

·       Soat 23:00 dan keyin oilaviy to‘y-hashamlarni davom ettirish taqiqlanadi — Senat

·       To‘ylarda 2 nafardan ortiq xonanda yoki guruhning xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi

·       Senat qat'iy qaror qabul qildi: endi oilaviy tadbirlarda boshlovchi, so‘z ustasi, fotosuratchi shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi

·       Bloger Senatga to‘y kortejlaridagi avtomobillar soni bo‘yicha taklif berdi

·       Senator Iqbol Mirzo to‘ylarga oid yangi taklif bilan chiqdi

·       Kelin-kuyovlarning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq tadbirlarda 3tadan ko‘p avtomashinadan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi

 

Iqtisodiyot

 ·       «So‘nggi bir yilda iste'mol shu qadar ko‘paygani dargumon» - iqtisodchi go‘sht narxining oshishi haqida

·       2019 yilning 6 oyida O‘zbekistonga qancha go‘sht olib kirilgan?

·       «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi

·       «Yergeodezkadastr» qo‘mita raisi: amnistiya doirasida bir millionga yaqin ariza tushgan, 500 ming fuqarolarga egalik huquqi berildi

 

Jamiyat

 ·       Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonning tanqidiy fikrlarga ochiq ekanini e'tirof etdi

·       «So‘z erkinligi so‘z o‘yiniga aylantirib yuborilyapti» – senator OAV haqida

·       Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzildi

·       Deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi tasdiqlanadi

·       Saylov kodeksining 90-moddasini qo‘llash haqida Markaziy saylov komissiyasi qarori qabul qilinadi

·       Senat: O‘zbekistonda xotin-qizlarning savodxonlik darajasi 99,98 foizni tashkil etadi

 

Surishtiruvlar va reportajlar

 ·       Qarshida quruvchi buziladigan uylar uchun kompensatsiya to‘lamasdan kelmoqda: bir necha oila arosatda qolgan

·       Aholiga chorva tarqatgan sho‘rchilik tadbirkor bankdan milliarddan ziyod mablag‘ini ololmay halak

·       «Husnbuzar orqasidan o‘z joniga qasd qilish ham uchrab turadi. Ular kasallikni davolab bo‘lmaydi deb o‘ylashadi». Dermatovenerolog bilan suhbat

·       «Qo‘ng‘iroq bilan qonuniy manfaatlaringizga daxl qilishdimi, ularga ushbu moddalarni eslating!» — Kun.uz’da yurist vaqti

 

JAHON XABARLARI

 ·       Turkiyada davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda gumonlangan 200dan ortiq harbiyni hibsga olishga order berildi

·       Saudiya Arabistonidagi yirik neft zavodlarida dronlar hujumi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi

·       Snouden: Agar Rossiya razvedkasi bilan hamkorlikka rozi bo‘lganimda, saroyda yashayotgan bo‘lardim

·       Filippin prezidenti poraxo‘r amaldorlarni otishga ruxsat berdi

·       Tramp bin Lodinning o‘g‘li o‘ldirilganini ma'lum qildi

 

SPORT XABARLARI

·       Jismoniy tarbiya va sport vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

·       O‘zbekiston regbi federatsiyasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi

·       Nur-Sulton 2019. Aram Vardanyan jahon chempionati finaliga chiqdi

·       La Liga. «Real» qiyin g‘alabaga erishdi. Azar debyut qildi

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid