2019 yilgi paxta terimi mavsumida 400 mehnat inspektori nazorat qiladi. Ularga 200 nafar yordam kömak beradi. Bu haqda Xalqaro mehnat taşkilotining Özbekistondagi boş texnik maslahatçisi hamda «Uçinçi tomon monitoringi» yetakçi mutaxassisi Yonas Astrup ma'lum qildi. 

«2018 yilda 200 mehnat inspektori paxta dalalarida hosilni yiğib oliş jarayonini nazorat qilgan bölsa, bu yil bu raqam 400ga yetkazildi. Bundan taşqari, ularga 200 yordamçi kömak beradi. Bu bir neça yuz foizga oşirilganini anglatadi», - dedi XMT boş texnik maslahatçisi.

U, şuningdek, Özbekiston hukumatining tanqidiy ma'lumotlar va fikrlarga oçilganini e'tirof etar ekan, bugungi kunga kelib, inson huquqlari faollari paxta terimi mavsumini bemalol monitor qilişlari va hukumat bilan muloqotda hamda matbuot anjumanlarida iştirok etişlari mumkinligini ta'kidladi. 

«Turli ommaviy axborot vositalarida mehnat huquqlari buzilişi bilan boğliq maqolalar, ijtimoiy media tarmoqlarida esa, postlar soni köpaydi. Şu bilan birga, Özbekiston paxta yetiştiriladigan maydonlarni qisqartirmoqda hamda paxta tolasini eksport qilişdan tayyor tekstil mahsulotlarini eksport qiluvçi mamlakatga aylanmoqda. Bu esa, aynan qisqa muddatga işçilarga bölgan talab oşişini kamaytiradi va yil davomida muntazam iş örinlari bilan ta'minlaşga yordam beradi», - dedi Yonas Astrup.