Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda davlat arxivlari tizimi tashkil topganining 100 yilligi nishonlandi
Qashqadaryoda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2019 yil 5 avgustda tasdiqlangan «O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganining 100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbir rejasi» ijrosi doirasida O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganining 100 yilligi nishonlandi.
Qashqadaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida va viloyat davlat arxivi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyat xokimi Zafar Ro‘ziyev, viloyatdagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari Arxiv hujjatlar ko‘rgazmasi zalida tashkil etilgan hujjatlar va surat hujjatlar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi.
Tadbirda O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan arxiv ishi sohasida alohida namuna ko‘rsatgan soha faxriylari va arxivchilar, 101 yoshga kirgan Rahmat bobo Tursunovga estalik sovg‘alari topshirildi.
Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev viloyat arxivchilarini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.




Mavzuga oid
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026