Ukraina konstitutsiyasiga Donbassning alohida maqomi bo‘yicha hech qanday o‘zgartirish kiritilmaydi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Vadim Pristayko ma'lum qildi.

"Minsk kelishuvlarida Ukraina qonunchiligida islohotlar o‘tkazilishi, konstitutsiya isloh qilinishi yozilgan", - dedi u.

Pristaykoning qayd etishicha, Ukraina "daxlsiz chiziq ortida turganlarga markazlashuvga barham berilishi ularning rivojlanishi uchun imkoniyat"dir.

"Biz konstitutsiyaga hech qanday alohida maqom to‘g‘risidagi o‘zgartirishni kiritmaymiz", dedi u.