Yaponiyaning Nissan Motor avtomobilsozlik kompaniyasi rahbari Xiroto Saikava 16 sentyabrda iste'foga çiqdi. Uning vorisi oktyabrda tayinlanadi, deb xabar berdi “Kiodo” axborot agentligi.

Yaqinda ortiqça mukofot puli olganini tan olgan Saikavaning iste'fosi kompaniya daromadliligini barqarorlaştiriş va uning Renault kompaniyasi bilan hamkorlik munosabatlarini yaxşilaş bilan boğlanmoqda.

Saikavaning örnini 63 yoşli Yasuxiro Yamauti vaqtinçalik egallagan.

Nissan muammolari 2018 yil noyabrda kompaniyaning va uning Renault hamda Mitsubishi bilan alyansi rahbari Karlos Gon moliyaviy qonunbuzarliklar va soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş ayblovlari bilan hibsga olingandan keyin keskin tus olgandi.

Gonning raqiblari, jumladan Saikava xorijlik tomonidan boşqarilayotgan yapon kompaniyasi öz mustaqilligini yöqotayotganidan xavotirlanişgan.

Vaziyat şungalikka borganki, Nissan 3 yil içida 12,5 ming iş örnini qisqartirişini e'lon qilgan. Kompaniyadagi içki tekşiruv esa Saikavaga asossiz ravişda mukofot puli sifatida 434 ming dollar tölanganini körsatgan.