Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga tashrif buyuradi
BMTning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maxsus vakili Jan Todt 2019 yil 17-19 sentabr kunlari O‘zbekiston rasmiylari, xususiy sektor, fuqarolik jamiyati va yoshlar vakillari bilan uchrashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
O‘zbekistonga bo‘lajak tashrif doirasida BMT maxsus vakili “Yuksalish” umummilliy harakatida ham bir qator tadbirlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Jumladan, joriy yilning 18 sentabr kuni janob Jan Todt O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan taksi xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniyalar va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek yoshlar bilan alohida-alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ma'lumot uchun: Todt o‘z vakolati doirasida har yili dunyo bo‘ylab 1,35 million kishining hayotiga zomin bo‘layotgan, 50 million kishining turli darajadagi jarohatlanishiga olib kelayotgan global rivojlanish muammolaridan birini yengish bo‘yicha chaqiriqlar qiladi. Sababi, bolalar va yoshlar o‘limining asosiy sababi bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari jiddiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib kelmoqda va natijada iqtisodiy zarar ko‘pgina mamlakatlarda YaIMning 5 foizigacha yetmoqda.
Jan Todt maxsus elchi sifatida BTMga a'zo davlatlarga tashrif buyurib, manfaatdor tomonlar bilan yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga qat'iy siyosiy e'tibor qaratish, shuningdek ko‘proq sa'y-harakatlar va tegishli moliyalashtirishni rag‘batlantirish maqsadida yuqori darajadagi muloqotlar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026