Adliya vazirligi haydovçilik guvohnomasini yangisiga almaştiriş tartibi haqida maxsus eslatma bilan çiqdi.

Haydovçilik guvohnomasini yangisiga almaştiriş şartmi?

Ha şart. 2020 yil 31 dekabrga qadar eski namunadagi barça milliy haydovçilik guvohnomalari yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasiga almaştirilişi kerak.

Eski guvohnomada amal qiliş muddati körsatilmagan yoki muddati hali tugamagan bölsa-çi?

Eski namunadagi guvohnoma berilgan sanasidan va amal qiliş muddatidan qat'i nazar, körsatilgan muddatgaça yangisiga almaştirilişi şart.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

Fuqarolik pasporti, eski namunadagi haydovçilik guvohnomasi hamda uning taloni.

Qayerda almaştiriş kerak?

Doimiy yaşaş joyidagi Davlat xizmatlari markazlari yoki markazda bunday xizmat mavjud bölmagan hududlarda YHXBning tegişli bölinmalarida.

Qança tölov tölanadi?

Eski guvohnomani yangisiga almaştiriş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 70 foizi (hozirda 156 100 söm) miqdorida tölov undiriladi.

Qança muddatga beriladi?

Yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Eski namunadagi guvohnomalari qaçongaça haqiqiy hisoblanadi?

Eski namunadagi haydovçilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvargaça haqiqiy hisoblanadi.

Haydovçilik guvohnomasi belgilangan muddatda almaştirilmasa, nima böladi?

Eski guvohnoma bilan avtotransport vositasini boşqargan şaxslarga nisbatan ma'muriy javobgarlik çorasi qöllaniladi.

Yangi guvohnoma şaxsini tasdiqlovçi hujjat hisoblanadimi?

Ha. Yangi namunadagi guvohnomaga egasining şaxsini tasdiqlovçi rasmiy davlat hujjati maqomi berilgan.