Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 17 sentyabrdagi 4457-sonli qarori bilan Ahadbek Yahyobekoviç Haydarov moliya vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ahadbek Haydarov 1971 yilda Farğona viloyatida tuğilgan. 1994 yil Toşkent Davlat universiteti, 1998 yili Toşkent Davlat iqtisodiyot universiteti, 2001 yili Yaponiya siyosiy fanlar Milliy instituti magistratura bosqiçi, 2006 yil AQŞning Massaçusets ştatida Villiams Kollejini tamomlagan.
2008-2013 yillarda Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Monetar siyosat departamenti direktori, 2013-2016 yillarda Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining örinbosari, 2016-2016 yillarda Özmilliybank Boşqaruv Raisi birinçi örinbosari bölib işlagan.
2016-2017 yillarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik – tijorat banki Boşqaruvi raisi, 2017 yilda Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri örinbosari, 2017-2019 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri birinçi örinbosari bölgan.
Ahadbek Haydarov 2019 yilning aprel oyidan beri Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan oldin, Sunatulla Bekenov prezident qarori bilan Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori etib tayinlangandi.












