Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik besh bokschi jahon chempionati medali uchun ringga ko‘tariladi
Bugun, 18 sentabr kuni Yekaterinburgda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining ilk sovrindorlari aniqlanadi.
Yarim final yo‘llanmasi uchun janglarda O‘zbekistonning 5 nafar vakili ringga chiqadi. Dastlab -52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov Toshkent vaqti bilan soat 15:00dan so‘ng bolgariyalik raqibga qarshi ringga chiqadi. O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi keyingi janglar soat 19:00dan keyin bo‘lib o‘tadi.
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Daniyel Asenov (Bolgariya) (A ring, boshlanish vaqti – 15:15)
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) (B ring, boshlanish vaqti – 19:15)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ziyod Iyoshash (Iordaniya) (B ring, boshlanish vaqti – 19:30)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (B ring, boshlanish vaqti – 20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Torres (AQSh) (B ring, boshlanish vaqti – 20:45)
Ma'lumot uchun, chorak finalga Rossiya va Qozog‘iston terma jamoalari eng ko‘p sportchi bilan yetib keldi – ularning 7 nafardan bokschisi yarim final uchun jang qiladi. Angliya va Kubaning 6 nafardan, O‘zbekistonning esa 5 nafar vakili chorak finalga chiqa oldi.
Hindiston 4, Armaniston 3 bokschi bilan, 8 mamlakat ikkita nafardan (Fransiya, Bolgariya, Filippin, Braziliya, Dominikan Respublikasi, AQSh, Iordaniya, Ozarbayjon) vakil bilan mazkur bosqichga yetib kelgan bo‘lsa, yana 10ta davlatning yagona ishtirokchisi qolgan (Yaponiya, Italiya, Eron, Turkiya, Avstraliya, Ekvador, Germaniya, Yangi Zelandiya, Irlandiya, Mo‘g‘uliston).
Qayd etish joiz, bugungi chorak final janglarida 8ta vazn toifasidan 5tasida Rossiya va Kuba terma jamoalari qarama-qarshiligi kuzatiladi.
Bugungi janglarni tomosha qilish uchun linklar:
Ring A: Shahobiddin Zoirov - Daniyel Asenov, boshlanish vaqti - 15:15;
Ring B: Miraziz Mirzaxalilov - Qayrat Yeraliyev, boshlanish vaqti - 19:15, Bobousmon Baturov - Ziyad Iashash, boshlanish vaqti - 19:30, Dilshod Ro‘zmetov - Loren Alfonso Dominges, boshlanish vaqti - 20:15, Bahodir Jalolov - Richard Torres, boshlanish vaqti - 20:45.
Mavzuga oid
18:18 / 10.05.2026
Bahodir Jalolov Angliyadagi boks oqshomida raqibini texnik nokaut bilan yengdi
14:12 / 26.02.2026
Yekaterinburgda Amir Temur maqbarasiga oid marmar plita parchasi saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
14:07 / 27.12.2025
Yekaterinburgda tashlab ketilgan o‘zbekistonlik chaqaloq vatanga qaytarildi
10:10 / 07.10.2025